Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasi topshirildi
16:52 / 2021-10-26

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tasarrufidagi Nukus shahar o‘quv-sport texnika klubining avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kursida beg‘araz asosda tahsil olgan Xo‘jayli tumanidagi 1- Mehribonlik uyining 25 nafar tarbiyalanuvchisiga haydovchilik guvohnomalari topshirildi.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan mas’uliyatli vazifani sifatli bajarish maqsadida “Vatanparvar” tashkilotining viloyat, shahar va tumanlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashkilot Yoshlar ishlari agentligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ommaviy texnik kasblarga imtiyoz asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi.

Birinchilardan bo‘lib Nukus shahar o‘quv-sport texnika klubida avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kurslarida tahsil olgan Xo‘jayli tumanidagi mehribonlik uyining 25 nafar tarbiyalanuvchisiga haydovchilik guvohnomalari berildi.

O‘quv-sport texnika klubida tahsil olish jarayonida tarbiyalanuvchilar tashkilot tizimidagi o‘q otish, biatlon, duatlon kabi sportning texnik va amaliy turlari bilan ham muntazam shug‘ullanib, ko‘plari Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida o‘tkazilgan qator musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘quv-sport texnika klubida “Tadbirkorlik asoslari”, “Yoshlar o‘rtasida inqiroz holatini yengib o‘tish psixologiyasi”, “Yangilanayotgan jamiyatda yoshlarning o‘rni” mavzularida seminar va treninglarni o‘tkazish, faol yoshlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-4435]

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA