French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari harbiylar bilan uchrashdi
17:12 / 2020-01-07

Poytaxtimizdagi 23-sonli Mehribonlik uyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Harbiylar bilan bir kun” aksiyasi o‘tkazildi.


Poytaxtimizdagi 23-sonli Mehribonlik uyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Harbiylar bilan bir kun” aksiyasi o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2019 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi jamoalarining harbiy vatanparvarlik ruhidagi konsert dasturi namoyish etildi. 

Shuningdek, ishtirokchilar harbiylarning qo‘l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi. Tarbiyalanuvchilarga harbiylarning yurishi, qurol-aslahalari va liboslari haqida ma’lumotlar berildi.

Maqsad yoshlar qalbida harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni kuchaytirish, fuqarolik jamiyatni shakllantirish, rivojlantirishda ularning keng ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berishdan iboratdir.

Aksiya davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.