English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehri borning, sehri bor
19:34 / 2021-08-19

Mamlakatimizda xalqimizga xos bo‘lgan mehr-muruvvat va ezgulik qadriyatlariga tayangan holda alohida yordamga muhtoj fuqarolarning orzu-umidlariga erishishi, jamiyatning boshqa a’zolari qatorida bekamu ko‘st hayot kechirishiga ko‘maklashish maqsadida ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.

Hayotda taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolganlar, ko‘ngli o‘ksiklar, hamisha mehr-muruvvatga muhtojlar anchagina. Imkoniyati cheklangan shaxslar ro‘yhatga olinib, davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy himoyaga olingan.

Prezidentimizning o‘tgan hafta imzolagan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini jamoamiz bilan katta quvonch bilan o‘qib chiqdik

Qarorga ko‘ra, 2021 yil yakunigacha 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalari xarid qilinib, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkaziladi. Xarid qilinishi rejalashtirilgan 260 ta koxlear implantatiga qo‘shimcha ravishda 355 ta koxlear implantati sotib olinadi va 5 yoshgacha bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali o‘rnatiladi.

2021 yilda qo‘shimcha 2 ming nafargacha, 2022 yildan boshlab har yili 3 ming nafargacha bolaga tug‘ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. Har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to‘plamlari xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa pog‘onasining boshqa patologiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Yiliga o‘rtacha ming nafar bolaga tug‘ma va patologik son chiqishini jarrohlik amaliyotlari orqali davolash uchun zarur metall konstruksiyalari sotib olinadi.

Har yili kamida 140 nafar bemor bolada ko‘krak qafasi deformatsiyasini davolash uchun 150 ta maxsus plastina xarid qilinib, o‘rnatiladi, bemor bolalarga tug‘ma oyoq-qo‘l patologiyalarini davolash uchun 350 ta ilizarov apparati xarid qilinadi. 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini to‘g‘rilash uchun kollopan granulalarini xarid qilinadi.

Qarorning har bir bandida belgilangan vazifalar nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlovchilarni befarq qoldirmaydi. Zero, xalqimiz “Mehri borning, sehri bor”, deb bejiz aytmagan.

Shoira Yazilova,

Buxoro “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi direktori.