French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr va imkoniyat uyg‘unlashgan makon
16:58 / 2025-12-15

E’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarning hayotini yaxshilash, ularni jamiyatga to‘laqonli qo‘shish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Zarafshon shahridagi “Umid” reabilitayiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim tashkiloti faoliyati bunga yorqin misoldir.

Mazkur tashkilotda hozirda 80 nafardan ortiq ikki yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim, tarbiya va sog‘lomlashtirish jarayonlariga qamrab olingan. Bu yerda fizioterapiya, basseyn mashg‘ulotlari, ijtimoiy moslashuv xonalari, defektolog va psixolog mashg‘ulotlari, ertak va musiqa terapiyalari, mayda qo‘l motorikasi bilan ishlash, nevropatolog, pediatr, LOR shifokorlari qabul va kuzatuvi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir yo‘nalish bir qarashda alohida ko‘rinadi, ammo aslida ular bir-birini to‘ldirib, bolalarning umumiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Masalan, ertak terapiyasi bolaning ichki qo‘rquvini kamaytirsa, LFK va gidromassaj uning mushak faoliyatini mustahkamlaydi. Psixologik qo‘llab-quvvatlash esa bolani ijtimoiy hayotga moslashtiradi.

[gallery-26745]

2024–2025 o‘quv yilida markazdan 6 nafar tarbiyalanuvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga inklyuziv ta’lim asosida yo‘naltirildi. Bu — markazning eng muhim natijasidir. Chunki eng katta g‘alaba – bolaning jamiyatga teng ishtirokchi sifatida qaytishi. Bu jarayon o‘ylangan va puxta tayyorgarlikni talab qiladi: defektolog darslari, psixologik mustahkamlash, ijtimoiy moslashuv mashg‘ulotlari, ota-onalar bilan tizimli ishlash. Shular tufayli inklyuziv ta’limga o‘tgan bolalar yangi muhitga qo‘rqmay kirib boradi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Umid” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti — bolalar taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his qiladigan, ularning imkoniyatlarini ochish va jamiyatga to‘laqonli qo‘shilishiga zamin yaratadigan maskan.

Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA