Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr va e’tibor insonga madad beradi
17:19 / 2025-08-20

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Navbahor mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimi Hulkar Mirzayeva har bir oila bilan tizimli ish olib borishda namuna bo‘lmoqda. Jumladan, Navbahor mahallasida yashovchi Dildora Mahmudovaning oilaviy sharoiti o‘rganildi.

– Dildora Mahmudova 3-guruh nogironligi bo‘lishiga qaramay, hayotga shukronalik bilan qarab kelmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i ham ko‘zi ojizligi sababli 1-guruh nogironi. Shunga qaramay, Dildora opa o‘z umr yo‘ldoshiga hamda qaramog‘idagi 1-guruh nogironligi bo‘lgan qaynsinglisiga mehr bilan g‘amxo‘rlik qilmoqda. Oilada besh nafar farzandni tarbiyalash ham oson kechmaydi. Mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadida oila kambag‘allik reyestriga kiritildi va zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan, homiy tadbirkorlar ko‘magida oziq-ovqat va moddiy yordam berildi. Oilaviy shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Farzandlar uchun o‘quv qurollari olib berilib, qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga qatnashiga sharoit yaratildi. Ikki nafar farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bepul o‘qishi ta’minlandi. Shuningdek, uning qaramog‘idagi qaynsinglisi ota-ona va farzandsiz ekani inobatga olinib, “Yakka-yolg‘izlar reyestri”ga kiritildi hamda kompensatsiya to‘lanishiga ko‘maklashildi, – deydi ijtimoiy xodimi Hulkar Mirzayeva.

Dildora Mahmudovaning turmush o‘rtog‘i qarovchiga muhtojligi bois “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Faol hayotga qadam” dasturi asosida unga qarovchi sifatida oylik ish haqqi tayinlashga yordam berildi. Bu esa oilada yagona mehnatga layoqatli insonning bandligini ta’minlash bilan birga, oila moddiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qilmoqda.

Ko‘rsatilgan e’tibor va yordamlar natijasida Dildora opaning hayoti sezilarli darajada yaxshilanib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.