Mehr ulashib
“O‘zarxiv” agentligida Respublika qon quyish markazi hamkorligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda donorlikka tanlab olish, nomzodni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, qon va donatsiya uchun talablar, donorlikka qarshi ko‘rsatmalar keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan tana vazni 50 kilogrammdan yuqori o‘zini sog‘lom deb bilgan O‘zbekiston fuqarolari donor sifatida qon topshirishi mumkin.


Qon olish miqdori ham har bir insonning holatidan kelib chiqib belgilanadi. Kamida 350, ko‘pida esa 450 millilitr olinadi. Nizomga ko‘ra, 500 millilitrgacha olish mumkin.
Aksiyada 100 dan ortiq donorlar ishtirok etdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA