Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehr ulashib” tadbiri
17:08 / 2023-07-05

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan “Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish”mavzusida e’lon qilingan Davlat granti 1-tanlovida ishtirok etish uchun “Buxoro yoshlari” gazetasi “Biz buni uddalaymiz, Biz bunga qodirmiz!” nomli loyihasi bilan g‘olib bo‘lgan edi.

Loyiha doirasida Yoshlar markazi huzuridagi Inklyuziv ta’lim o‘quv markazida “Mehr ulashib” tadbiri o‘tkazildi. Loyiha treneri Zulfizar Mavlonovaning so‘ziga ko‘ra, ushbu markaz nutqida, so‘zlashuvida nuqsoni bor bolalar kamolotini qo‘llab-quvvatlash vazifasini zimmasiga olgan. Bunda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan daun, autizm sindromi  bor bolalar bepul saboq oladi. Logoped, art, diffektolog kabi tajribali koordinatorlar  bolalarga saboq beradi.  

– Bu yerga bolaning o‘zidan ko‘ra, ota-onasi ko‘proq najot izlab keladi, – dedi o‘quv markazi koordinatori Umida Qahhorova. – Har bir bola bilan alohida shug‘ullanamiz. Autizm bolalari hatto, ismini aytib chaqirsangiz ham farqlay olmaydi. Ayrimlarida tana a’zolari, xususan, bosh miyada qotib qolish, terilarining tortishish holatlari kuzatiladi. Maxsus vosita va kremlar bilan bunday bolalar massaj qilinadi. Peshona, yuz, qo‘l barmoqlari massajga to‘yintiriladi. Shundan so‘ng, til mashqlari bajariladi, harf tanitiladi, so‘z nutqi o‘stiriladi, xullas, bolani charchatib, zeriktirib qo‘ymay, ularni tengdoshlari safidan o‘rin egallashlari uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.  

“Mehr ulashib” tadbirida “Buxoro yoshlari” gazetasi tomonidan bolajonlarga o‘quv qurollari va ta’lim maskaniga sovg‘alar ulashildi.  

Zarif Komilov, O‘zA