Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr ulashaylik!
16:27 / 2025-12-03

Poytaxtimizda 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bir guruh hunarmandlar tomonidan saxovat tadbiri tashkil etildi.

Ma’lumki, butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ekani ko‘rsatib kelinadi.

Mamlakatimizda ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.

Shunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaat va huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda bolalar uchun sahna ko‘rinishi va konsert dasturlari tashkil etildi.

Saxovatpesha homiylar tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar kichkintoylar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi va bu kun ular uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA