Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehr ulashamiz” tadbiri davom etmoqda
20:24 / 2022-08-25

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanalari oldidan butun yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson – aziz” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur ezgu tadbirlar doirasida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida ham “Mehr ulashamiz” aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi og‘ir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi 92 nafar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 28 nafar maktab o‘quvchilariga Kitob tuman “Mahalla” xayriya fondi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 58 million so‘mlik maktab formalari olib berildi.

Shuningdek, 60 nafar ijtimoiy sharoiti og‘ir, kam taminlangan fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 72 million so‘m moddiy yordam ajratildi va fuqarolarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazib berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA