English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda
16:29 / 2022-11-03

Farg‘ona viloyatidagi «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» loyihasi doirasida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston tumanidagi Qudash «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda xalqimizga xos mehr-saxovat, odamiylik fazilatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga Davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor berilayotganini e’tirof etib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari ham doimiy ravishda bu yerdagi insonlar holidan xabar olib, ularga mehr-saxovat ulashib kelishini aytib o‘tdi.

Shu kuni fayzli dasturxon atrofiga jam bo‘lgan ayollarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shohsulton To‘xtamatov