French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar
16:58 / 2025-09-29

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan shunday shior ostida tizimdagi ustoz va murabbiylar uchun ziyorat va sayohatlar tashkil etilmoqda.

Yaqinda ko‘hna Samarqand shahriga uyushtirilgan tadbir ulardan biridir. 

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, bu galgi tadbir 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan. 

Unda tizimdagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan 40 nafar faxriy energetik ustozlar uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. 

– Ushbu tashabbus energetika sohasida uzoq yillar xizmat qilgan mutaxassislarni e’zozlash, ularning ma’naviy dunyosiga hurmat va e’tiborni kuchaytirish, shu bilan birga, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadlarini o‘zida mujassam etdi. Sayohat davomida mehmonlar Samarqandning tarixiy va ma’naviy ziyoratgohlari: Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Hoji Doniyor, Go‘ri Amir, Bibixonim maqbaralari, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Ta’rifga loyiq obidalar va ziyoratgohlar esa ularda katta taassurot qoldirdi, –dedi jamiyat axborot xizmati xodimi Sobitjon Dilmurodov. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA