Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr-muruvvatdan munavvar dillar
19:58 / 2021-12-02

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan buxorolik mutasaddilar bilan Buxoro shahridagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 123-maktab internatida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar oldi.

1989 yilda tashkil etilgan maktab-internati 260 o‘rinli, kar va zaif eshituvchi bolalar o‘qishiga mo‘ljallangan. Yotoqxona 2 ta bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida 2 qavatli binoda joylashgan. Yotoqxona qattiq va yumshoq jihozlar bilan ta’minlangan. Yotoqxonada gigiyena xonasi, qiz va o‘g‘il bolalar uchun alohida hojatxona va yuvinish xonalari, o‘quvchilarining dam olish xonalari tashkil etilgan. 

Maktabda jismoniy tarbiya zali, basketbol maydoni, futbol maydoni bo‘lib, barcha sport anjomlari bilan jihozlangan. 100 o‘rinli oshxona stol-stullar, muzlatgichlar, idish-tovoqlar bilan ta’minlangan. O‘quvchilar 2 smenada 4 mahal ovqatlantiriladi. 1 ta shifokorlar xonasi, 1 ta muolaja xonasi, 2 ta izolyator xonasi faoliyat yuritmoqda. Maktab-internatda kutubxona, 4 ta mehnat xonasi, 1 ta eshitish kabineti, 26 ta sinf xonasi, ritmika kabineti, 10 ta yakka mashg‘ulot (eshitishni rivojlantirish) xonalari mavjud.

[gallery-4915]

2020-2021 o‘quv yilida 17 nafar o‘quvchi maktab-internatni bitirdi. Buxoro davlat universitetini 7 nafari Jismoniy madaniyat fakultetiga, 1 nafari tasviriy san’at fakultetiga talabalikka kabul kilindi. Ayni paytda maktab-internatda 221 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

“Zamin” fondi vasiylik kengashi tomonidan eshitish kobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash loyihasi asosida 194 nafar o‘quvchiga eshitish moslamalari berildi. Shuningdek, fond tomonidan o‘quvchilarni kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida maktab-internatda alohida kompyuter xonasi tashkil kilingan. 12 dona kompyuter jamlamasi sovg‘a qilindi.

Maktab internatga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda 40 dona kir yuvish kukuni, 400 dona ayollar gigiyenik vositalari hamda qo‘l yuvish sochiqlari topshirildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA