Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr-muruvvat oyligi davom etmoqda
13:40 / 2022-12-14

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan joriy yil 30 noyabrdan 30 dekabrga qadar yurtimizda o‘tkazilayotgan “Mehr-muruvvat oyligi” davom etmoqda.

Samarqand viloyatida ham oylik munosabati bilan nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan kishilar holidan xabar olinib, ularga zarur tibbiy-ijtimoiy, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi D.Usmonov hamda Samarqand viloyati va Ishtixon tumani mutasaddilari mahallalarda bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlashdi va ularning murojaatlarini eshitdi.  

Safoxo‘ja mahallasida yashovchi fuqaro M.Daminov bir xonadan iborat uyda yolg‘iz yashab kelayotganligini ma’lum qilib, salomatligidagi nuqson tufayli qo‘ltiqtayoq hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji borligini, shu mahallada yashovchi nogironligi bo‘lgan Ikrom Asomov esa nogironlik aravachasiga zarurat sezayotganligini bildirdi. Fuqarolarning muammolari joyida hal qilinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan M.Daminovga qo‘ltiqtayoq va oziq-ovqat mahsulotlari, I.Asomovga esa nogironlik aravachasi berildi. Suhbat chog‘ida I.Asomov imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, amakisining xonadonidan bir xonadan iborat kutubxona tashkil etib, mahalladoshlarining kitobga mehrini oshirishga harakat qilayotganini bildirdi. Mutasaddilar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, I.Asomovga kutubxona faoliyatini kengaytirish, yangi kitoblar ajratishda yordam berishlarini bildirdi. 

“O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yana bir fuqaroga fond tomonidan nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.  

G‘.HASANOV,  

O‘zA