Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehr-muhabbat va go‘zallik kuychisi
15:43 / 2019-10-30

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida atoqli o‘zbek mumtoz shoiri Muqimiy ijodiga bag‘ishlangan nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston davlat konservatoriyasida atoqli o‘zbek mumtoz shoiri Muqimiy ijodiga bag‘ishlangan nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.

Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Aminxo‘ja – Muqimiy lirik shoir va zabardast hajvchi sifatida XIX asrning so‘nggi choragi va XX asr boshlaridagi o‘zbek milliy adabiyotining eng yirik namoyandasi sifatida dong taratdi. Muhammad Aminxo‘ja ijodi chin ma’noda xalqchildir.

Shoir tabarruk diyorimiz istiqboliga ishonch bilan qaradi. Uning asarlarida insoniy ishq-muhabbat ulug‘landi. Imon-e’tiqod, halollik, saxiylik, pokdomonlik, elparvarlik, do‘stlik, ona tabiat go‘zalliklaridan zavqlanish, mehr-muhabbat ishonarli lavhalarda juda ta’sirchan ifodalangan. Shoirning ilg‘or dunyoqarashi, farovon hayot va ozod jamiyat, insof va adolat, barkamol inson va insoniylik, iymon-e’tiqod va erk haqidagi orzu-intilishlari bilan o‘sha tarixiy davrdagi murakkab va og‘ir sharoit uning asarlarida o‘ziga xos tarzda o‘z ifodasini topgan.

Adabiyotshunoslarning fikricha, Muqimiy g‘azal, murabba’ va muxammaslarining yetakchi obrazi – lirik qahramon, avvalo, burch, vafo va sadoqat haqidagi ilg‘or tushunchalarga ega bo‘lgan sofdil, ma’naviy barkamol va ruhan boy shaxs sifatida gavdalanadi. Bu jihatlar uning ijod namunalari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlarga ham ko‘chgani e’tiborga molikdir.

Nazm va navo oqshomida Muqimiy ijodidan namunalar o‘qildi. Uning so‘zlari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.