“Mehr harakati” xayriya tadbiri
Yangi yil bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalardan xabar olish va ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan “Mehr harakati” xayriya tadbiri davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan boshlangan mazkur harakat Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Baxramatdin Razov boshchiligida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand 10 ta oila holidan xabar olindi.
Tadbir davomida ularga oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyimlar, isitish uskunalari hamda ko‘rpa-to‘shaklar topshirildi.
[gallery-15105]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA muxbirlari