French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehr daftari”dagilarga mehr ko‘rsatildi
19:15 / 2022-12-28

Yangi yil bayrami arafasida Paxtachi tumani hokimligi tumandagi ‘‘Mehr daftari’’ga kiritilgan 45 nafar yigit-qizga o‘zlari istagan sovg‘alarni taqdim etdi.

Tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘’basi tomonidan “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning orzu-istaklari eshitildi, bayramga qanday sovg‘a olishni istashi so‘raldi. Shundan so‘ng bolalarning istaklari asosida zarur vositalar xarid qilindi.  

Jumladan, 33 ta noutbuk, 12 ta velosiped, 6 dona booknomy kitoblari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sport anjomlari va boshqa vositalar keltirildi. Bayram sovg‘alarini tuman hokimi va sektor rahbarlari, Milliy gvardiya tuman bo‘limi mas’ullari bolajonlarga tantanali topshirdi.  

– Shuni unutmangki, sizlar Prezidentimizning, davlatimizning doimiy e’tiboridasizlar. Ulg‘ayib, jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingiz, kasb-hunar egallashingiz uchun yordam berishga, sizlarni qo‘llab-quvvatlashga biz doim tayyormiz, – dedi Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov.  

 

G‘.HASANOV, O‘zA