English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehr bilan kuchlimiz”: chempionlar “Muruvvat” uyiga tashrif buyurdi
16:35 / 2026-02-25

FOTOREPORTAJ

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Neftchi” professional futbol klubi a’zolari Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurdi.  

“Mehr bilan kuchlimiz” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari, nuroniylar hamda futbol muxlislari ishtirok etdi. Futbolchilar bolalar bilan suhbatlashib, ularning orzu-istaklari bilan tanishdi hamda esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Shuningdek, jamoaning yangi a’zolari keng jamoatchilikka tanishtirildi.

[gallery-27855]

— Futbol g‘alaba va chempionlikdangina iborat emas, - dedi jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov. Bu — insonlarga mehr ulashish va jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish demakdir. “Muruvvat” uyidagi bolajonlarning tabassumi bizga katta ilhom bag‘ishladi. Jamoamiz har doim ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor.

24 yillik tanaffusdan so‘ng oltinchi bor chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan “Neftchi” jamoasi yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi murabbiy va xorijlik yosh futbolchilar transferi, xorijdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli harakatlarni davom ettirishga qaratilgan.

Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi Ramazon oyida o‘tkazildi. Har bir futbolchiga shaxsiy raqami tushirilgan rasmiy futbolka topshirildi va ularni bolalar qo‘lidan qabul qildi. Tashrif bolajonlarga quvonch, jamoa a’zolariga esa ilhom bag‘ishladi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA