Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatsevarligi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan otaxon
15:44 / 2023-11-02

Nukus shahridagi “Tele oray” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 76 yoshli Qalboy ota Ahmedov ta’lim sohasidagi fidoyi xizmati va mehnatsevarligi bilan el orasida e’tibor qozongan.

Qalboy ota qariyb 40 yil o‘quvchilarga tarix fanidan saboq bergan. Hozirda nafaqadagi otaxon tomorqachilikda yaxshi natijalar ko‘rsatib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lmoqda. Shuningdek, otaxon baliq va parranda mahsulotlari yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi.

– Mehnat qilgan kishi hech qachon kam bo‘lmaydi, - deydi Qalboy ota. – Tomorqamizdagi bog‘da meva va dekorativ daraxtlarning hamda gullarning juda ko‘p turlari bor. Bu yerga kelgan har qaysi inson go‘zallikdan bahra oladi. Korxona va tashkilotlar uchun manzarali hamda meva daraxtlari ko‘chatlari yetishtirishni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Bog‘ ishlarida menga farzandlarim va nevaralarim yaqin ko‘makdosh.

[gallery-14358]

Kuni kecha O‘zbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti kengashi vakillari hamda bir qator deputatlar Qalboy ota Ahmedov tomorqasida bo‘ldi. Otaxonning bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, gulchilik, baliqchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, samimiy suhbat qurdi.

O‘zA fotomuxbiri
Maqsad Habibullayev olgan suratlar