Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatobodlik o‘quvchilarga ko‘rkam maktab tuhfa qilindi
13:03 / 2026-03-10

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Mehnatobod mahallasidagi 3-umumta’lim maktabining 180 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy maktabning ochilish marosimida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Bu jarayonda yangi qiyofadagi maktablar barpo etilib, jihozlanayotgani, shuningdek, o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib rag‘batlantirilayotganini alohida qayd etdi.

Ayni paytda maktabda 320 nafar o‘quvchiga 40 ga yaqin malakali o‘qituvchi va murabbiy ta’lim-tarbiya bermoqda. “Chiroy Muzrabot qurilish” xususiy korxonasi quruvchilari zamonaviy qiyofada bunyod etgan ta’lim muassasasida ustozlar va o‘quvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng, yorug‘ o‘quv xonalari zarur jihozlar bilan ta’minlangan.  

Joriy yil tumanda oltita umumta’lim maktabi binosi tubdan rekonstruksiya qilinib, 9 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri