Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid nizomlar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
Tashqi lotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom;
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom;
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
O‘zA