Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatkashlar manfaatlari yo‘lida
13:25 / 2020-11-07

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov olib bordi.

Videokonferensaloqa shaklida onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda Federatsiya markaziy apparati, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari rahbariyati hamda mutasaddilari, kasaba uyushma faollari ishtirok etdi.

Majlisda  O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2020 yil 11 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan VIII qurultoyida o‘qib eshittiriladigan “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari: Federatsiyaning 2016-2020 yillardagi faoliyati va milliy taraqqiyotning zamonaviy bosqichida kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari to‘g‘risida” mavzuidagi hisobot  ma’ruzasi hamda ma’ruzachini tasdiqlash masalasi muhokama etildi. Mazkur ma’ruzada asosiy e’tibor mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan oxirgi 4 yilda barcha sohalarda inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishidagi tizimli tadbirlar, kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, xodimlarning mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqlari ustuvor o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, xodimlar himoyasini kuchaytirish, jamoa shartnomalari va tarmoq kelishularida mehnatkashlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolotlar ko‘lamini kengaytirish, nodavlat sektoridagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlarini kasaba uyushma a’zoligiga jalb etish borasidagi keng qamrovli ishlar natijalariga tahliliy e’tibor  qaratilgan.

Majlisda mamlakatimizda xalqimiz turmush darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chuqur o‘ylangan ijtimoiy siyosat bugun o‘z ijobiy samarasini brayotgani alohida qayd etildi. Kasaba uyushmalari tizimida olib borilayotgan yangilanish va takomillashtirish jarayonlari natijasida faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridagi vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich kasaba uyushmalari faolligi oshayotganiga ham e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda shuningdek, yangi tashkil etilgan Madaniyat, sport va turizim kasaba uyushmasi Respublika kengashini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala ham muhokama etildi. bugungi kunda turizm, madaniyat va sport sohalarida ham tub yangilanish va o‘zgarishlar olib borilayotgani, ushbu sohalarning rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi, xalqimiz farovonligi ortishi hamda yangi ish joylari yaratilishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Majlis kun tartibidan o‘rin olgan har ikki masala yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan keng muhokama etilib, Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Majlis yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.