Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnati zafarli Oʻzbekistonim!
13:54 / 2019-08-31

Andijon shahridagi A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi amfiteatrida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami katta tantana bilan nishonlandi.


Andijon shahridagi A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi amfiteatrida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami katta tantana bilan nishonlandi.

“Toʻrt taraf gullarga toʻlgan boʻstonim, mehnati zafarli Oʻzbekistonim!” deb nomlangan badiiy-musiqiy, teatrlashtirilgan bayram tadbirida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Sahnada Malika Ibragimova, Tesha Moʻminov, Muhammadali Abduqunduzov, Zuhra Ashurova, Fathulla Maʼsudov taniqli sanʼatkorlar tomonidan Toʻmaris, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim, Abdulhamid Choʻlpon singari ulugʻ ajdodlarimiz siymolari gavdalantirildi.


photo_2019-08-31_14-16-03.jpg

Tadbirda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan taklif etilgan davlat, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari vakillari, davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor boʻlgan andijonliklar, mehnat faxriylari, harbiylar, faol yoshlar ishtirok etdi.

Unda istiqlol yillarida mamlakatimizda, xususan, viloyatda qurilish, bunyodkorlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qoʻyingki, jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, hayotini yanada yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.

Bayram tantanalarida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga orden va medallarni topshirdi.

Tadbirning badiiy qismida badiiy jamoalar, oʻquvchilarning chiqishlari, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida, mahallalari, mehnat jamoalarida davom etmoqda.