Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnati, iste’dodi va aql-zakovati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimizga minnatdorlik bildirildi
14:41 / 2026-03-06

Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri davom etmoqda.

Prezidentimiz turli sohalardagi mehnati, iste’dodi va aql-zakovati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimizga, xalqaro maydonlarda Vatanimizni dunyoga tarannum etayotgan qizlarimizga, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.  

Ayollarni ishli va daromadli qilish masalasi hamisha e’tibor markazida.  

O‘tgan yili xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 23,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirildi. Buning hisobidan 425 mingdan ortiq opa-singillarimiz tadbirkorlikka jalb qilindi.  

Misol uchun, to‘qimachilik sohasida 300 nafar ayollarni band qilgan yangiariqlik Nargiza Bekmuratova o‘tgan yili ikkinchi fabrikani ochib, yana 100 ta ish o‘rni yaratdi. Ushbu ishbilarmon qizimiz 2025-yilda Anqara shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda “Xotin-qizlar uchun eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor ayol” nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi.  

–Men bunday serg‘ayrat qizlarimizni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari deb bilaman. Ularni har qancha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, – dedi Prezidentimiz.

O‘zA