Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnati elda aziz
17:10 / 2022-09-30

Andijon davlat universitetida “Mehnati elda aziz ustozim!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so‘z olib, ustoz va murabbiylarni muborakbod etdi, universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirish, reytingini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan hamda uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnatlarini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Bir guruh ustoz va murabbiylar universitet rektorining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

[gallery-8983]

Tadbirda xizmat yuzasidan Andijonda bo‘lib turgan Buyuk Britaniya qirollik kengashi a’zosi, professor Kishan Devali ishtirok etib, o‘zbekistonlik barcha ustozlarni tabrikladi. O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborni alohida e’tirof etdi. Andijon davlat universitetining “Xumo” talabalar teatr studiyasi, O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi san’atkorlari hamda ijodkor talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida davom etdi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA