Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatga yarasha rag‘bat ham bor
15:14 / 2025-10-14

Qaror va ijro

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 1-umumta’lim maktabi nafaqat tumanda balki viloyatdagi katta qamrovga ega ta’lim maskanlaridan biri hisoblanib, hozirda ushbu muassasada 1645 nafar o‘quvchi yoshlar tahsil olmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 maydagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Respublika miqyosidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasida 2024-2025 o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, erishilgan natijalar uchun 160 kishilik jamoa bugun 30 foizli ustamaga loyiq deb topildi. 

– Har bir mamlakatning iqtisodi, kelajagi, rivojlanishining fundamenti ta’lim. Shuning uchun shu davlatdagi o‘qituvchi, pedagog Vatanni, mamlakatni kelajagi bo‘lgan yosh avlodga chuqur ta’lim tarbiya bersa uni barkamol qilib, bilimli, salohiyatli qilib yetkazsa, albatta, bu mamlakat rivojlanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan biz ustoz va murabbiylar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berildi. Men rahbarlik qilayotgan maktabda ham farzandlarimizning bilimga bo‘lgan chanqoqligini sezaman. Maktabimiz yangi baholash tizimiga o‘tganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Qo‘shimcha ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha jamoamiz mehnat qilib, jipslashib o‘tgan o‘quv yilida 10 foizli qo‘shimcha ustamaga erishgan bo‘lsak, bu yil esa 30-40 foizga yetdi, – deydi maktab direktori Ilhom Ro‘ziyev. 

– Hozirda menda xalqaro sertifikat bor, – deydi o‘quvchi Mohigul Qahhorova. – Undan tashqari ko‘plab fan olimpiadalarida qatnashib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritganman. Ingliz tilini o‘rganishdan maqsadim bu faqatgina sertifikat uchun emas, balki o‘zimni fikrlashimni oshirish uchun chet elliklar bilan muloqotda bo‘lish uchun menga anchagina qo‘l keladi. Ayni kunda xorijda do‘stlarim ko‘p. Ular menga xorijni ko‘rishga yanada o‘zimni rivojlantirishga, kelajagim uchun o‘qishga taklif qilishmoqda. 

[gallery-25731]

Mamlakatimizda o‘qituvchilarga berilayotgan e’tibor, ularni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlarining samarasi ushbu maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hayotida yaqqol sezilmoqda. Maktabning 64 nafar pedagoglari milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Buning natijasi va boshqa imtiyoz hamda ustamalar hisobida maktabda 30 nafarga yaqin o‘qituvchilar ayni vaqtda 1000 AQSH dollaridan yuqori maosh olmoqda.

Jamoada shakllangan birdamlik, nafaqat ta’lim sifati, balki tarbiya, intizom va ijtimoiy faollikda ham o‘z aksini topgan. Har bir kichik yutuq ortida butun jamoaning fidokorona mehnati turadi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.