Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatdan zavq oladigan otaxon
09:20 / 2024-01-01

FOTOREPORTAJ

Farg‘onalik 78 yoshli omilkor G‘ulomjon Fathuddinov Quvasoy shahar Yangiobod mahallasida istiqomat qiladi. Mehnatdan zavq oladigan otaxon ayni kunda tomorqa maydonidagi qariyb 2 sotix joyda tashkil etilgan issiqxonasida limon yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.  

[gallery-15302]

Bir-biridan chiroyli, oltindek tovlanib turgan limonlar ko‘zni quvontiradi. Ularni sotishga tayyorlashda otaxonga oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilar yaqin ko‘makchi. Omilkorlik ortidan oila byudjetiga 15 million so‘m atrofida qo‘shimcha daromad kelib tushmoqda.  

Hokim yordamchisining ma’lumotiga ko‘ra, limonchilik va qulupnaychilikka ixtisoslashgan ushbu mahallada uch ming bir yuz nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. 729 ta xonadonning 215 tasida issiqxona bor.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA fotomuxbiri