Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatdan kelsa boylik...
16:04 / 2024-10-18

Bugungi kunda aholi xonadonlarining ko‘pchiligida issiqxona mavjud bo‘lib, yilning to‘rt faslida ham hosil yetishtirish imkoni bor. Jumladan, Buxoro viloyati Olot tumanining Nurobod mahallasida tomorqachilik hadisini olgan mirishkorlar talaygina.

Murod Rahmonov Bobodehqon mahallasida yashaydi. Xonadonida issiqxona barpo etib, unda bodring nihollarini parvarish etmoqda. Xonadon mirishkorlari joriy mavsumda ekinlar rivojidan mamnun. Sababi, mashaqqat bilan qilinayotgan mehnat oilaga daromad keltirmoqda.  

– Bir necha yil chet elga qatnab, tirikchilik qildik, – deydi Murod Rahmonov. – Imtiyozlardan foydalanib 4 sotix yerda issiqxona tashkil qildik. To‘rt sotix yerga bodring niholini ekib parvarishladik. Hozirda 20 million so‘mdan oshiq daromadga erishishni ko‘zlab turibmiz.  

Shu bilan birga Murod Rahmonov chorva mollarini boqishga ham e’tibor qaratgan. Xonadonda sut, qatiq, qaymoq, qolaversa, bo‘rdoqiga boqib so‘yiladigan qoramol hisobidan go‘sht ta’minoti ham yo‘lga qo‘yilgan. Bir so‘z bilan aytganda oilaning dasturxoni to‘kin.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.