Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasida 54 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi
10:13 / 2021-09-28

Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida viloyat bandlik bosh boshqarmasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali hamkorligida ishsiz va band bo‘lmagan aholi, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda 102 ta korxona, tashkilot va muassasalar 865 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida 54 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi. 27 nafariga tomorqa xo‘jaligi uchun subsidiyalar ajratilib, 15 nafar ishsiz fuqaroga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning 10 nafariga kasbga o‘qitish yo‘llanmalari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafariga kasb-hunar o‘rgatilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar berildi.

Xorijda ishlash istagini bildirgan 11 nafar fuqaro xorijiy ish beruvchilar bilan tashkil etilgan tanlovga yo‘naltirildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar aholi o‘zini-o‘zi band qilishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.