Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasida 500 ga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlandi
11:40 / 2024-06-19

FOTOREPORTAJ

Andijon shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida ishsiz yoshlar hamda ishlash istagidagi fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Tadbir 10 ming 500 bo‘sh ish o‘rni hamda 160 dan ortiq tashkilotni qamrab oldi. Shuningdek, oliy, professional va o‘rta maxsus ta’limni egallagan 3 mingdan ziyod fuqaro mavjud bo‘sh ish o‘rni bilan tanishish va ishga joylashish maqsadida yarmarkaga tashrif buyurdi. 500 ga yaqin fuqaro shu joyning o‘zida ish bilan ta’minlandi hamda 300 dan ziyod yigit-qiz bilan bilan kelishuv amalga oshirildi. 

[gallery-17900]

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA