Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasida 400 nafardan ortiq ishsizlar doimiy ishli bo‘ldi
15:20 / 2021-02-04

Hozir O‘rta Chirchiq tumanida 150 mingdan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. Shundan 77 ming aholi mehnatga layoqatli hisoblanadi.

Tuman ma’muriy markazida yoshlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlardan qaytib kelgan va xorijga ishlash uchun keta olmagan mutaxassislarga munosib ish o‘rinlarini taklif etish maqsadida, "Ishga marhamat" loyihasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Kasimov va tuman prokurori Sobirjon Temirovlar mamlakatimizda yoshlarni o‘ziga munosib bo‘lgan ish joylarni tanlashi va kelajakda o‘zi orzu qilgan hayot yo‘lini tanlab olishida keng imkoniyat yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Yarmarkada 50 dan ortiq korxonalar 4 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Xususan, tikuvchilik sohasida 1 ming 200 dan, qurilishda 100 dan, farmatsevtikada 100 dan, sanoatda 500 dan va xizmat ko‘rsatish sohasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari taklif etildi.

2020 yil maktabni bitirgan hozirda ishsiz bo‘lgan Dilrabo Mirzaboyeva hamda kasb-hunar kollejini bitirib ishsiz bo‘lib yurgan Xolida Baxodirovalar Xalq ta’limi bo‘limi bilan mehnat shartnomasini tuzdilar.

— Maktabni bitirganimdan keyin oliy o‘quv yurti test sinovlaridan o‘tolmadim, — deydi D. Mirzaboyeva. 

— Biroq tayyorgarlikni davom ettiryapman. Shu bilan birga, oilamga yordam bo‘lishi uchun ishga kirmoqchi edim. bugungi mehnat yarmarkasida o‘zimga yoqqan ishga joylashdim. Oyliklari ham yaxshi ekan.

Mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlarga 1000 dan oshiq yo‘llanmalar berilib, 400 nafardan ortiq ishsizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

 

A. Musayev, O‘zA