Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasida 174 fuqaro bandligi taʼminlandi
15:24 / 2020-09-22

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimligi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.


Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimligi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”ga kiritilgan mehnatga layoqatli aholini kambagʻallikdan chiqarish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida hududdagi 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada ish soʻrab murojaat qilgan 174 fuqaro shu joyning oʻzida ish bilan taʼminlandi. 18 nafar yosh oʻquv markazlarida oʻqish uchun yoʻllanmaga ega boʻldi.

Yangiyoʻl tumanida shuningdek, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari B.Parpiyev va tuman xokimi U.Yalgashev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilib, 20 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy xal qilindi.