Mehnat yarmarkasida 150 dan ziyod fuqaro ishga yo‘llanma oldi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasida qatnashgan 400 ga yaqin fuqaroga tegishli mas’ullar tomonidan ishga joylashish hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahatlar berildi. Fuqarolarning 34 nafari davlat tashkilotlariga va 117 nafari tumandagi 12 ta tadbirkorlik ob’ektiga ishga joylashgan bo‘lsa, 22 nafar fuqaro hunar o‘rganish uchun Kasb-hunar markaziga va “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘qishga yo‘llanma oldi.
[gallery-12241]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA