Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasi va startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi
19:45 / 2025-06-05

25 maydan boshlangan 64-Xalqaro “Gullar festivali” munosabati bilan Namangan ertaknamo shaharga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Festival doirasida “Namangan-Tech Summit” IT forumi tashkil etildi va unda IT sohasidagi muvaffaqiyatli startaplar, soha mutaxassislari, dasturchilar, eksportga yo‘naltirilgan korxonalar, ta’lim rezidentlari faoliyatiga doir taqdimotlar ham o‘tkazildi.

Shu bilan birga “IT-JOBS” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada o‘ndan ortiq tizim tashkilotlar, IT eksport bilan shug‘ullanuvchi  kompaniyalar, IT ta’lim rezidentlari 100 dan ziyod bo‘sh o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida yoshlar, bitiruvchi talabalar faol qatnashib, o‘zlariga munosib ish o‘rinlari bilan tanishdi.

Forum doirasida IT-Park Namangan viloyati filiali hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida “Ideathon-2025” musobaqasi o‘tkazildi. Unda 32 ta jamoadan saralangan 20 ta startap loyihalar taqdim etildi. 

G‘olib deb topilgan  uchta jamoa qimmatbaho sovg‘alar, tashakkurnoma va “Coursera” platformasida bepul o‘rganish imkoniyatini beruvchi vaucherlar bilan taqdirlandi.

N.Rahmonova, O‘zA.