French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasi talabalar uchun qulaylik
17:21 / 2022-11-30

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni rivojlantirish vazirligi va Chirchiq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tashabbus joriy yilning 4 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Sport-ta’lim va ilmiy muassasalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i M. Arziqulov, Chirchiq shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori S.Erkinov, turli kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rahbarlari, mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan axborot-vositachilik firmalari, professor-o‘qituvchilar va talablar qatnashdi.

Yetmishdan ortiq tashkilotlar 200 ga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini taklif qildi. Tashkilotlar ishga kirish tartibi, yoshlarni kasbga yo‘naltirish borasida muloqotlar o‘tkazdi. Talablar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Ayrimlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha korxona tashkilotlar bilan shartnomalar tuzdi.

A.Musayev,O‘zA.