Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasi samarali bo‘ldi
20:14 / 2022-07-22

Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash va ish bilan ta’minlash masalasi yurtimizda doim dolzarb sanalgan.

Ayni masala turli vazirlik va idoralar, tashkilotlar, jamoat tuzilmalarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

Poytaxtimizda Yashnobod tumani hokimligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamkorligida Toshkent shahrining "Bahor" mahallasida mehnat yarmarkasi va xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida Toshkent shahrida joylashgan 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, ish izlayotgan 500 nafar ishsiz fuqarolarga vakant joylar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

300 nafarga yaqin fuqaro turli korxonalarda mehnat foliyatini olib borishi uchun birlamchi hujjatlarni topshirib, korxona mas’ul xodimlari tomonidan ularga tegishli yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Mehnat yarmarkasi doirasida ishsiz aholi tajribasi va bilimi, xohishi va imkoniyati asosida turli korxonalarga yo‘naltirildi.

Yarmarka davomida yoshlar festivali, xayriya tadbirlari va boshqa ko‘plab ko‘ngilochar dasturlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zA