Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasi: Fuqarolar o‘zlariga mos bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi
15:37 / 2025-09-16

Yakkasaroy sanoat zonasida Toshkent shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 150 ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlarining 2 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

–Oltmishga yaqin tashkilotlarning ish rejalari bilan tanishdim, –dedi Abbos Andayev. – Ma’muriyat ishlari bo‘yicha o‘zimga yoqqan ishlardan ikkitasini tanlab, hujjatlarimni topshirdim. Shuningdek, mazkur yarmarkada tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish kurslari haqida ma’lumot ham oldik.

–Mazkur yarmarka ham korxonalarda ishchi kuchini yetarli bo‘lishini, ham kerakli mutaxassislar ish bilan ta’minlanishini tezlashtiradi, – deydi Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi boshqarma boshlig‘i Samandar Abdushukurov. – Maqsadimiz aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarga yordam berishdan iborat.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash, munosib ish joylari yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan yarmarka davomida fuqarolar o‘zlariga mos bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA