Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehnat” yangitdan barpo etiladi
14:40 / 2023-05-11

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo tumanining “Sholikor” mahallasi hududidagi “Mehnat” bolalar yozgi oromgohi negizida bunyod etilayotgan majmua loyihasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga yangicha qiyofa kasb etadigan oromgoh 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanishga topshirilgach, yil davomida bolalarning miriqib hordiq olishiga xizmat qiladi. Qariyb olti gektar maydonda barpo etilayotgan majmuaning yangi loyihasida zamonaviy to‘garak xonalari, Axborot-resurs markazi, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar uchun amfiteatr, tibbiyot maskani, suzish havzasi, sport maydonchalari, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan beshta yotoqxona binosi, oshxona o‘rin olgan.  

Mazkur loyiha bilan tanishish jarayonida viloyat rahbari tomonidan foydalanilayotgan qurilish materiallarini hudud iqlim sharoitiga mosini tanlash, qurilish ishlarini jadallashtirish, maydondagi mavjud yashillikni saqlab qolish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

Sh.SUYAROV, O‘zA