Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat ta’tilini kimlar istagan vaqtida olishi mumkin? (+video)
10:12 / 2023-08-04

Xodim ishga kirgandan so‘ng 6 oy o‘tib, yillik mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin. Ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra bu muddat o‘tmasdan ham beriladi. Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra 6 oy o‘tguniga qadar mehnat ta’tili beriladi:

1) ayollar — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;  

2) 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslar;  

3) 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar;  

4) rezervga bo‘shatilganidan keyin 3 oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan sobiq harbiy xizmatchilar;  

5) 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslar;  

6) I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar;  

7) ishdan ajralmay o‘qiyotganlar, agar ular ta’tilni imtihon, sinov topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasa.  

Bunday imtiyoz jamoa kelishuvi va shartnomasida yoki ichki hujjatlarda belgilangan boshqa xodimlarga ham beriladi

Batafsil:                

 <iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/USprpJuk168" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

"Huquqiy ekspert" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting va o‘z haq-huquqlaringiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.    

             

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA