Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat qilganning ko‘ngli ham yurti ham to‘q bo‘ladi
23:32 / 2025-07-03

Buxoro viloyati Vobkent tumanida tomorqasini obod qilib, mahallasiga fayz qo‘shayotgan, ro‘zg‘origa baraka kiritayotgan oilalar ko‘p. Latifsobungar mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Mahallada 4701 nafar aholi istiqomat qiladi. Mavjud 1 ming 58 ta xonadonning tomorqa maydoni 42 gektarni tashkil etib, bugungi kunda 35 gektar maydonga kartoshka mahsulotlari ekilgan. Buning natijasida aholi 450 tonna kartoshka, 17 gektar maydonga ekilgan pomidor, bodring va poliz mahsulotlaridan esa 350 tonna hosil yetishtirish mo‘ljallangan.‌‌

Mahallada qilingan yana bir yaxshi tashabbus hududdagi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholi daromadini oshirishda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 45 nafar fuqaroga tanlov asosida 60 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berildi. 

– Mehnat qilgan kam bo‘lmaydi. Uch yildan buyon oilaviy issiqxonada mehnat qilib, daromad topyapmiz. Uch sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri yetishtirib, voha bozorlariga chiqarib, har yili mavsumda pomidorning o‘zidan 40-50 million so‘m sof daromad olamiz. Bundan tashqari har yili bahorda 300 ming dona pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yetishtirib, viloyatdagi issiqxonachi tomorqachilarga sotamiz. Oilaviy besh kishi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlagan, – deydi Davron Olimov.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.