Mehnat ortidan yuksalayotgan yoshlar (+video)
Novvoychilik nozik, shu bilan birga serdaromad soha. Soha daromadi esa, asosan mahsulot sifati, xaridorlar soni, xarajatlarni tejash va unumdorlikka bog‘liq. Zamonaviy texnologiyalar, yangi turdagi nonlar, sifatli xomashyo va yaxshi marketing bilan uni yanada foydali qilish mumkin, lekin bu sohada muvaffaqiyat uchun mehnat va sarmoya talab qilinadi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi yosh novvoy Zuhriddin Xoliqov ham o‘z ishining ustasi, mohir novvoy. U bir yil oldin ishi yurishmay turganda yoshlar yetakchisiga ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Davlatimiz rahbarining 2025 yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini rivojlantirdi.
Hozirda u erta tongdan to tunga qadar non yopib sotib, yetarlicha daromadga ega bo‘lmoqda.
Qahramonimiz bilan intervyuning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mKaV9s1KWb4?si=o5gucndLkkSkYJc0" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov(montaj),
O‘zA