French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish – muhim
14:43 / 2022-09-27

Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish muhim hisoblanadi.

Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbar va ishchi-xodimlarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan reja asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunning mazmun-mohiyati va ushbu qonunning inson mafaatlarini himoya qilishdagi roli to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.  

Tadbirda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hayotiy misollar keltirildi. Korxona va tashkilotlar, turar-joylarda mehnat muhofazasi borasida belgilangan qoidalarga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushunchalar berildi.  

Mehnatni muhofaza qilish yuzasidan o‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti davomida mavzu yuzasidan slaydlar namoyish etildi. Ogohlik, to‘g‘ri harakat har qanday vaziyatda qo‘l kelishi tushuntirib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  
 
 

M.Qosimova,  
O‘zA