Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat migratsiyasi:islohotlar davri...
11:49 / 2022-04-15

bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasi sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat migrantlari va ularning oilalariga joriy qilingan imtiyoz va kafolatlar ko‘lamini kengaytirish, xorijdagi mehnat migrantlarini huquqiy, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yo‘lga qo‘yish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Umuman, keyingi yillarda tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgardi. Bu fuqarolarimizning xorijda ishlashi uchun sharoit yaratish, ularning haq-huquqini himoya qilish, kafolatli mehnat bozorini yaratish, qolaversa, yurtdoshlarimiz vatanga qaytib kelgandan keyin ham e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashborasidagi sa’y-harakatlarda namoyon bo‘lmoqda.

2016-2022 yillarda ayni yo‘nalishda muhim qadamlar qo‘yildi. Sohaga doir 17 muhim hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2 Qonuni, Prezidentning 9 qarori, 1 farmoni, Vazirlar Mahkamasining 5  qarori qabul qilinib, me’yoriy-huquqiy baza yaratildi.

Masalan, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi va takomillashtirildi.

2018 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatini himoya qilish jamg‘armasi tuzildi. Agentlikning Janubiy Koreya va Rossiya Federatsiyasida vakolatxonalari tashkil etildi.

Agentlik tomonidan o‘tgan yil 108 592 fuqaro xorijiy davlatda ishga joylashtirilgan.Jumladan, 100 111 kishi Rossiya Federatsiyasiga, 6  924 nafar yurtdoshimiz Qozog‘iston Respublikasiga, 1 532 odam Janubiy Koreyaga, shuningdek, BAA, Turkiya, Polsha va boshqa davlatlarga ishlash uchun yuborilgan.

O‘zAga ma’lum qilishlaricha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligitomonidan 2022 yil birinchi chorakda muhim huquqiy-me’yoriy, moddiy va ijtimoiy yordam shaklida2 167 nafar mehnat migrantiga huquqiy,2 930 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam,51 498 kishiga maslahat xizmati, 976 mijozga moddiy ko‘makberilgan.

Xorijdan qaytgan 15 mingdan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlandi, 2 ming 813 kishi kasbga, tadbirkorlikka o‘qitildi.

– bugungi kunda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida Kanada, Fransiya, Latviya, Finlandiya, Isroil, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Bahrayn, Belgiya, Qatar, Qozog‘iston, Quvayt, Malayziya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Polsha, Singapur kabi 18 davlat bilan hukumatlararo va idoralararo bitim imzolash imkoniyati ko‘rib chiqildi, – deydi agentlik matbuot kotibi Ortiqho‘ja Norov.

Kanada, Latviya, Polsha, Finlandiya va Fransiya ish beruvchilari bilan O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha Hamkorlik shartnomalari imzolash jarayoni davom ettirilmoqda.

Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlarga vaqtinchalik ishlash uchun yuborish maqsadida qator davlatlarning ishga joylashtirish bo‘yicha vakolatli kompaniyalari bilan 30 dan ortiq hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bundan tashqari, GFRning “GfM Gruppe”, “Nova Agency”, “SP Academy”, “OPASCA GmbH”, “Duvenbeck”, “Orif Ahmadaliev (Consulting.uz)”, Shveysariyaning “GLOBOGATE Recruiting GmbH” jamoalari bilan muzokara o‘tkazilib, fuqarolarni Germaniyada dual tizim asosida ishga joylashtirish bo‘yicha bitim rasmiylashtirildi.

Yana bir hujjatni alohida qayd etish kerak.Yaponiyaning“KOBYe” xalqaro savdoni rivojlantirish assotsiatsiyasi, “BMA Cooperative” va “Techtas” kompaniyalari bilan Yaponiyaga ishga yuborish yuzasidan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.Hozircha “KOBYe” va agentlik o‘rtasidagi shartnomaasosida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi kun chiqaryurt vizasini oldi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Жиззахлик fuqarolarni бепул kasbga ўқishga  таклиф қилди » Жиззах вилояти ҳокимлиgi расмий ахборот сайти

Yanvar-mart oylarida RF va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Rossiyada mamlakatimiz fuqarolari uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish yuzasidan ikki tomonlama Hukumatlararo bitim imzolangan. Umuman, asosiy hamkorimiz vakolatli davlat idoralari bilan olib borilgan muzokara natijasida ushbu davlat hududida noqonuniy bo‘lib turgan 300 ming nafardan ziyod fuqaromizning huquqiy maqomi legallashtirilgani ham diqqatga molik natija.

bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlar migrantlar huquqi, manfaatini himoya qilish, mehnat migratsiyasini qonuniy va tartibli tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Меҳнат migrantlarи uchun қандай енgiлликлар берилади? | UzReport.newsTan olish kerak, sohada juz’iy muammolar ham uchraydi. Masalan, xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo‘llab-quvvatlash, chet eldan qaytgan fuqarolarga kasbi, malakasi va rejasidan kelib chiqib, ish topishiga ko‘maklashish, xorijdagi yurtdoshlarimiz munosib sharoitda mehnat qilishi uchun yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqani chuqurlashtirishustuvor vazifamiz.

Buning uchun, avvalo, zamonaviy talabga javob bera oladigan,yuqori malakali,chet tillarni biladigan mutaxassislar zarur.Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini joriy qilish, xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi yondashuvlar ishlab chiqish lozim.

B.Xudoyberdiyev,

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan 

hamkorlikda tayyorlandi. 

O‘zA