Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv
09:15 / 2025-10-14

Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan Yashnobodda mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni Vatanga qaytarish va munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, poytaxtdagi mavjud ish o‘rinlari haqida xabardor qilish, tadbirkorlar bilan hamkorlikda bandlikni ta’minlash masalalari xususida so‘z bordi.

Uchrashuvda masofaviy tarzda qatnashgan xotin-qizlar yaqin orada Vatanga qaytib, oila bag‘rida yashash va mehnat qilish istagini bildirdilar.  

Uchrashuvda ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA