Har yili fevral-mart oylarida fuqarolarimiz tashqi mehnat bozoriga oshiqadilar. Aynan shu oylardan boshlab xorijda ishchi kuchiga talab ham oshishi barchamizga ma’lum.
O‘zbekiston aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Tashqi migratsiya esa ularning orzu-havaslari yo‘lida yetarlicha sarmoya topishlari, bilim va tajriba olishlari, xorij tillarini o‘rganishlari uchun yana bir imkoniyatdir. Bu sermoya kelajakda ular tomonidan o‘z yo‘nalishlarida tadbirkorlikni boshlashlari, yangi sohalarga investitsiya kiritib, doimiy daromadga ega bo‘lishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday ekan ularga bugun davlat tomonidan qanday sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar yaratib berilmoqda. Shu mavzudagi suhbatimiz Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Jasur G‘ayratov bilan bo‘ldi.
- Xorijga ishga borayotgan hamyurtlarimiz nimalarga e’tibor qaratishi kerak, qanday bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari lozim? Bu borada kasbga tayyorlash markazlarida nima ishlar qilinmoqda? Umuman mehnat migratsiyasi sohasida nimalar o‘zgardi?
- Migratsiya agentligi tashkil qilinganidan keyin fuqarolarni yuqori daromadli ishga yuborishga va an’anaviy davlatlardan ko‘ra Yevropaning boshqa mamlakatlariga jo‘natib, fuqarolarni ish bilan ta’minlash bizga asosiy vazifa etib belgilandi va biz shunga harakat qilmoqdamiz. Xususan, fuqarolarni yuqori daromadli ishga yuboradigan bo‘lsak, bu ulardan ma’lum bir ko‘nikmalarni talab qiladi. Shu munosabat bilan hozirda birinchi navbatda Migratsiya agentligida kasbga, xorijiy tillarga o‘qitish funksiyasiga alohida e’tibor berilyapti.
Migratsiya agentligi 2024 yil oxiri 2025 yildan boshlab xorijiy tillarga o‘qitishga urg‘u beryapti va rus, nemis, koreys, yapon tillari bo‘yicha viloyatlarda bosqichma-bosqich bepul xorijiy tillar kurslarini tashkil qilish rejalashtirilgan.
- Bu kurslarda suhbatlashish darajasida o‘rgatiladimi yoki tinglovchilar chuqurlashtirilgan holda tahsil olishadimi?
- Sodda qilib aytadigan bo‘lsam ishga jo‘natishimiz uchun ulardan talab qilinadigan til me’yorlari bor. Masalan, Germaniyaga ishga yuboriladigan bo‘lsa nemis tilini bilish V1 va V2 darajasida bo‘lishi kerak. Rossiyada ishlash ruxsatnomasini olish uchun rus tilidan test imtixonlari bor. O‘sha darajada bilishlari lozim. Koreys tilida Ye9 ishchi vizasi olish uchun Eps-Topik imtixonidan o‘ta olishlari kerak. Bu esa ma’lum bir darajada gapira olishi va so‘zlashuviga sharoit yaratish, xorijiy ish beruvchi talabiga qarab rejalashtirilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Uu9Wzxx7TGs" title="Mehnat migratsiyasi sohasida nima oʻzgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA