Mehnat migrantlarini AQSHga kirish tartibi soddalashtiriladi
AQSH ayrim turdagi ishchilarga suhbat o‘tkazilmasdan viza berishni boshlaydi.
“Davlat departamenti mehnat migrantlarining AQSHga kirishini vaqtincha soddalashtiradi”, deyiladi davlat mahkamasi saytidagi ma’lumotda.
2022 yilning 31 dekabrigacha Amerika konsulliklariga ayrim turdagi ishchilar bilan shaxsiy suhbat o‘tkazmasdan viza taqdim etishga ruxsat berilgan.
Davlat departamenti buni mehnat migrantlari AQSH uchun katta ahamiyatga egaligi bilan izohlamoqda.
“Departament vaqtincha ish bilan ta’minlangan migrantlar mehnati AQSH iqtisodi uchun muhim ekanini tan oladi va viza berish vaqtini qisqartiradi”, deyiladi mahkama bayonotida.