Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat migrantlari huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya forumi
20:37 / 2021-05-21

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida 21 may kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari” mavzusida O‘zbekiston – Rossiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston va Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi vakillari ishtirok etdi.

Forumda mehnat migratsiyasi sohasini takomillashtirish va O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini yanada rivojlantirish, mehnat muxojirlari huquqlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o‘rtasida ishchi kuchi harakatlanishi jarayonini tartibga solish bo‘yicha bir qator hukumatlararo bitimlar imzolandi. Masalan, mamlakatimizda Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha 10 ta me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, 2020 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini takomillashtirish, chet elda ishlashni istagan shaxslarni o‘qitish, xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ish bilan ta’minlash, shuningdek, qaytib kelgan migrantlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarori tasdiqlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya masalalarini hal etish, sohadagi munosabatlar barqarorligini ta’minlash, migrantlar huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Forumda Rossiya tomoni O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida amalga oshirilgan islohotlarni ijobiy baholadi.

Shuningdek, migrantlar huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar hamda O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi haqida fikr yuritildi.

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA