Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat migrantlari bilan turli ekstremistik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmaslik bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi
09:15 / 2021-07-28

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon va Namangan viloyati filiallari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatiga ishlash uchun yuborilgan yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlari, muammolarini o‘rganish maqsadida “PUSK” tashkilotining qurilish maydonida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bugungi kunda davlatimiz tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, pandemiya davrida mehnat migrantlariga davlat tomonidan oziq-ovqat va himoya vositalarini xarid qilish uchun Birgamiz.com elektron sayti orqali bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravariga teng bo‘lgan pul mablag‘i olish imkoniyatlari to‘g‘risida tushuntish berildi, mazkur pul mablag‘ini olish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma taqdim etildi.

Joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkazilishi hamda unda faol ishtirok etish lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, mehnat migrantlari bilan turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmaslik hamda Rossiyaning bir qator shaharlarida muxolifat tarafdorlari tomonidan tashkil etilayotggan namoyishlarda ishtirok etmaslik bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.