FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan o‘tgan yili yangidan kuchga kirgan Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini kasaba uyushmalari faollariga samarali yetkazish hamda bu borada bilimlarini oshirish maqsadida “Mehnat kodeksini bilasizmi?” tanlovi tashkil etildi.
[gallery-15579]
- Tanlovda ishtirokchilardan Mehnat kodeksiga oid test savollariga 15 daqiqa ichida tezkorlik bilan javob berish talab etildi. Tanlov jarayonida jami 375 ta test savollari bazasi yaratildi. Shu tariqa barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan 18 ishtirokchi g‘olib bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Abror Otaboyev.
Shundan so‘ng g‘oliblar ishtirokida super final o‘tkazildi. Unda bilim va salohiyat bobida peshqadamlik qilgan Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Farida Mirzaahmedova Mehnat kodeksining eng bilimdoni deb topildi.
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA