Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
00:29 / 2025-12-07

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan Yuridik texnikumda bosh qomusimiz qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati hamda “Yoshlarga oid davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 2 shart – test sinovi va og‘zaki savol-javob asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy shahar politexnikumi o‘quvchisi Azimjon Botirov, 2-o‘rinni Qiziltepa tumani 1-son politexnikumi o‘quvchisi Murodilla Ergashev va 3-o‘rinni Konimex tumani politexnikumi o‘quvchisi Farzona G‘ulomova qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘olib va barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA