French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehmonxona kompleksi va ko‘rgazmalar saroyi quriladi
11:23 / 2025-08-27

Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Xitoyning “Guangdong Kaixingda Construction Technology” kompaniyasi rahbari Guo Jianwei bilan uchrashdi.

Mazkur kompaniya shaharsozlik va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2002 yilda  tashkil etilgan kompaniya 8 ta sho‘’ba korxonalaridan iborat bo‘lib, shaharsozlik, qurilish, sanoat zonalari, madaniy-turizm loyihalari, energetika va sog‘liqni saqlash sohalari bilan shug‘ullanadi. Qariyb 600 nafar xodim mehnat qilayotgan kompaniyaning yillik daromadi 115 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Kompaniya rahbari Guo Jianwei O‘zbekistonga qiziqishi ortganligini, bu yerda investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar Buxoroga investitsiya jalb qilish istagini uyg‘otganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Shundan so‘ng, u Buxoroda mehmonxona kompleksi va ko‘rgazmalar saroyini tashkil etish, hududdagi ko‘priklarni Xitoy tajribasi asosida ta’mirlash yuzasidan loyihalarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida hududlararo investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qator tashabbuslar ilgari surilganligi, loyihalarni amalga oshirish, bunda Xitoydan investitsiyalarni jalb etishda manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.